Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
H&M brendi "Junglidagi eng zo‘r maymun" sabab qattiq tanqidga uchradi
H&M kiyimlar brendi o‘z saytidagi yangi surat tufayli irqchilikda ayblandi. Unda qora tanli bolakay "Junglidagi eng zo‘r maymun" yozuvi tushirilgan yangi xudida tasvirlangan. Bir sutkaning o‘zida basketbolchi Lebron Jyeyms, The Weeknd musiqachisi va futbolchi Romelu Lukaku kompaniya bilan hamkorlikda voz kechishdi.
Aslida nima bo‘lgandi?
8 yanvar kuni H&M saytida "Junglidagi eng zo‘r maymun" yozuvi tushirilgan yashil xudi joylandi. Tvitter foydalanuvchilari noroziligiga yozuvning o‘zi emas, kiyimni qora tanli bola reklama qilgani sabab bo‘ldi. Ular bu hodisani irqchilik deb atashdi va oq tanli bolalarning jirafalar hamda yo‘lbarslar tasviri tushirilgan kiyimlarni reklama qilganiga e'tibor qaratishdi.
. @hm, have you lost your damned minds?!?!?! pic.twitter.com/EYuCXLZtv3
— Charles M. Blow (@CharlesMBlow) January 8, 2018
"Bu juda o‘rinsiz hodisa, haqorat va irqchilikning ko‘rinishidir. Nima uchun oq tanli bola "Junglida omon qolgan"u, qora tanli bola "Junglidagi eng zo‘r maymun" bo‘lar ekan? Buni normal holat deb hisoblaysizmi? Olib tashlang buni. Bu mutlaqo aqlga sig‘maydi!"
.@hm this is inappropriate, offensive, and racist. Why is the white kid "a jungle survivor" and the black kid the "coolest monkey in the jungle"? How do you think this is okay? REMOVE this and the clothing piece. This is completely distasteful! #racist #hm https://t.co/uati7eI0Io pic.twitter.com/WSF9Wiksio
— Selene Arianela (@ArianelaSelene) January 8, 2018
"2018 yilda biror brend yoki art-direktor bu qadar noprofessional va loqayd bo‘lishi mumkin emas. Oq tanli bolalarning egnidagi sviterlarga bir qarang. Biz yaxshiroq bo‘lishimiz kerak".
In the year 2018 there’s no way brands/art directors can be this negligent and lack awareness. If look at other sweaters in same category they have white kids. We have to do better. pic.twitter.com/Av4bS4t6yn
— alex medina (@mrmedina) January 8, 2018
Tez orada H&M saytidan qora tanli bolaning surati yo‘qoldi. Mojaro mashhurlargacha yetib borganida esa, do‘kon bu kiyimni sotuvdan oldi va uning e'lonini ham yopdi. Qora tanli bolaning do‘kondagi surati esa Google keshida qoldi.
Kim aybdor?
Tvitter foydalanuvchilarining noroziliklaridan bir necha soat o‘tib, H&M uzr so‘radi va tanqid o‘rinli ekanini tasdiqladi.
"Saytda bunday surat paydo bo‘lganidan chuqur taassufdamiz, shu bilan birga, bunday kiyimni ishlab chiqarganimizdan afsusdamiz. Biz nafaqat suratni saytdan o‘chirdik, balki xudini xalqaro sotuvlardan ham oldik".
H&M matbuot xizmati
Bloomberg'da ta'kidlanishicha, mojarodan keyin H&M brendi aksiyalari keskin pasaya boshlagan, Danske Bank esa brend egalariga yaqin orada qog‘ozlarni sotishni maslahat bergan. Do‘kon vakillarining qo‘shimcha qilishicha, nazorat jarayonlaridan biri buzilgan, shu bois ular "vaziyatni yaxshilab o‘rganishmoqchi".
Mashhurlar reaksiyasi
H&M'ni birinchi bo‘lib kanadalik musiqachi va The Weeknd prodyuseri tanqid ostiga oldi va do‘kon bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi:
woke up this morning shocked and embarrassed by this photo. i’m deeply offended and will not be working with @hm anymore... pic.twitter.com/P3023iYzAb
— The Weeknd (@theweeknd) January 8, 2018
"Ertalabdan uyg‘onib, ushbu suratni ko‘rib shokka tushdim va jahlim chiqdi. Men chuqur taassufdaman va boshqa H&M bilan ishlamoqchi emasman".
Shundan keyin taniqli basketbolchi Lebron Jyeyms ham suratga e'tibor qaratdi va H&M xaridorlarni yo‘ldan ozdirayotganini aytdi.
"Men suratda yosh qirolni ko‘rmoqdaman. Sezmaslik mumkin bo‘lmagan dunyo hukmdori, ifodalab bo‘lmas kuch. Biz — afroamerikaliklar doim to‘siqlarni yengib o‘tishimiz va bizning masalamizda odamlar adashayotganini isbotlashimiz hamda yanada qattiq ishlashimiz kerak".
Lebron Djyeyms, basketbolchi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Romelu Lukaku ham suratdagi bolani "bo‘lg‘usi qirol" deb atadi, qo‘shiqchi Aziliya Benks esa "bundan keyin hech qachon H&M kiyimlarini xarid qilmasligi"ni ma'lum qildi.
Reper Pi Diddi qora tanli bolaning suratlari motivlari bo‘yicha art taqdim etib, qora tanlilarga nisbatan hurmatsizlikni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:55 / 05.02.2026
HRW: Rossiyada tanqidchilarni jinoiy ta’qib qilish jarayoni “yo‘lga qo‘yilgan”
11:34 / 08.11.2025
Andijonda bir guruh qizlar ishtirokidagi mojaro yuzasidan ma’muriy chora ko‘rildi
15:22 / 02.07.2025
Buxoroda YPX kuzatuvidagi kortej va fuqaro o‘rtasida mojaro chiqdi
10:37 / 12.06.2025