Buxoro şahrida avtomobil haydovçisi piyodalar ötiş joyida piyodani ötkazib yuboriş uçun töxtagan. Natijada uning ortidan YPX kuzatuvida kelayotgan kortej ham töxtaşga majbur bölgan. Haydovçi ayni şu epizod uçun jarimaga tortilganini aytmoqda. YHXB esa haydovçi uzoq masofadan kortejga yöl bermay kelgani uçun jarimaga tortilganini bildirdi. Haydovçi işni yuqori idoralar körib çiqişini sörayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahrida YPX kuzatuvidagi kortej bilan röy bergan holat muhokamalarga sabab bölmoqda.
20 iyun kuni şaharning Dilkuşo köçasida harakatlanayotgan Kia K5 avtomobili haydovçisi piyodalar ötiş joyidan ötayotgan piyodani ötkazib yuboriş uçun avariya çiroqlarini yoqib, töxtagan. Bu holat uning ortidan kelayotgan YPX kuzatuvidagi kortejni ham töxtaşga majbur qilgan.
Köçadagi kuzatuv kamerasiga muhrlangan videoda sirena çalgan holda harakatlanib kelgan kortej tarkibida jami 5 ta avtomobil: old va orqada 2 ta YPX avtomobili, 2 ta krossover (çamasi Captiva) va bitta Mercedes Benz rusumli maşina bölgani körinadi. Kortejdagi 3 ta maşina piyodalar ötiş joyida töxtamasdan, ötib ketgan.
Videoda Captiva haydovçisi garçi oldinda katta yoşli piyoda bölganiga qaramay, signal çalib, oldida turgan fuqaroning maşinasini yölni böşatişga undagani körinadi. Piyodalar ötiş joyidan ötmoqçi bölgan fuqaro esa, bu şovqindan keyin ortiga qaytgan. Kortejdagi Captiva piyodalar yölakçasi oldidagi sidirğa çiziqni bosib, boşqa harakatlaniş bölagiga ötgan va yölida davom etgan.
Şundan keyin piyodaga yöl bergan Kia K5 haydovçisi boşqa YPX xodimlari tomonidan töxtatilib, unga nisbatan bayonnoma rasmiylaştirilgan, avtomobil esa jarima maydoniga qöyilgan.
«Ortimizdan boşqa YPX xodimlari yetib kelib, bizni töxtatdi va jarima yozişini aytdi. Men vaziyatni tuşuntirsam, YPX xodimi: «rahbariyat körsatmasi, men ularga heç narsa deyolmayman» dedi. Biz nima qilişimiz kerak edi? Oldimizda ötayotgan odamni urib ketaylikmi?» – deydi Kia K5 salonida bölgan fuqaro Kun.uz bilan suhbatda.
Haydovçiga MJtKning 128-5-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylaştirilib, BHMning 10 barobari – 3 million 750 ming söm jarimaga tortilgan.
Buxoro viloyati YHXB katta inspektori, mayor Rustam Oçilov tuzgan bayonnomada haydovçi «Harakatlaniş bölagiga yöl harakati qoidalarini buzgan holda çiqqani» yozilgan. Tarmoqda tarqalgan videoda esa bunday qoidabuzarlik körinmaydi.














