Xalqaro huquq himoyasi taşkiloti Human Righs Watch (HRW) Ukrainaga qarşi Rossiyaning töliq kölamli uruşi törtinçi yiliga kirgan paytda, Rossiyada fuqarolik jamiyati vakillariga nisbatan repressiyalar tobora kuçayib borayotganini keskin tanqid qildi. Taşkilotning bildirişiça, Kreml “rejim tanqidçilarini mamlakat içida ham, çet elda ham” yanada şiddat bilan ta’qib qilmoqda. Bu haqda HRW çorşanba kuni, 4 fevralda “Jahon hisoboti — 2026”ni taqdim etar ekan, ma’lum qildi.
HRW ta’kidlaşiça, “har qanday turdagi özgaça fikrlaşni bostirişga intilar ekan, hokimiyat senzura va kuzatuvni qöllaşni kengaytirdi, davlat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar ayblovlaridan tobora köproq foydalandi hamda “çet el agentlari” deb topilgan rejim tanqidçilarini jinoiy ta’qib qiliş jarayonini yölga qöydi”.
Şuningdek, HRW Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça direktori vazifasini vaqtinça bajarayotgan Benjamin Uordga köra, Rossiya hokimiyati “an’anaviy qadriyatlar” uçun öz “yurişi”ni yanada faol olib bormoqda; bu kampaniyaning nişonlari migrantlar va boşqa insonlar bölmoqda. Uord bu kampaniya bora-bora ayollarning reproduktiv huquqlariga qarşi yönaliş olayotganini ham eslatdi.
Ötgan yil Rossiya sudlari RFda “ekstremistik taşkilot” deb e’lon qilingan tuzilmada göyoki iştirok etganlik böyiça işlar yuzasidan ilk ayblov hukmlarini çiqargan. Yangi jinoiy işlar ham qözğatilgan, ta’qibga uçrayotganlar orasida kitob naşriyotçilari ham bor.
Bundan taşqari, “çet el agentlari” deb belgilangan şaxslar majburiyatlariga rioya qilmagani uçun jinoiy ta’qib keskin kuçaytirilgan. 78 ta taşkilot “nomaqbul” deb e’lon qilingan, ular orasida Human Righs Watch ham bor. Rossiyada siyosiy mahbuslar soni 2025 yilda 1 217 nafargaça (şu jumladan 108 nafar ayol) oşgan — 2024 yil oxirida bu körsatkiç 805 nafar edi.
HRW, şuningdek, Rossiyada migrantlar huquqlarini çeklaş kampaniyasi haqida ham yozdi: reydlar, mehnat migrantlariga nisbatan ğayriinsoniy munosabat va migratsiya qonunçiligining yanada qat’iylaştirilişi qayd etilgan. Ular, qonuniy maqomni tasdiqlovçi hujjatlar va rus tilini biliş böyiça testdan ötiş talablarisiz çet ellik bolalarni davlat maktablariga qabul qiliş taqiqlanganiga e’tibor qaratgan. HRW ma’lumotiça, bu migrant bolalarining 87 foizini maktabga yoziş rad etilişiga olib kelgan.
“Rossiya barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişi va insonning asosiy huquqlariga zid bölgan barça qonunlarni bekor qilişi kerak — jumladan, uruşga qarşi fikr bildirişni taqiqlovçi qonunlar, ‘çet el agentlari’, ‘nomaqbul’ taşkilotlarga qarşi yönaltirilgan qonunlar. Şuningdek, Rossiya migrantlar va ularning bolalarini kamsituvçi qonunlarni ham bekor qilişi lozim”, — deb çaqirdi Human Righs Watch.













