Ma’lumotlarga köra, Andijon şahrining Mustaqillik mahallasida joylaşgan 6-sonli köp qavatli uy oldida voyaga yetmagan fuqaro E.M. Andijon şahri Şörbuloq mahallasida istiqomat qiluvçi voyaga yetmagan Yu.D. bilan özaro kelişmovçilik sabab janjallaşgan.

Yu.D. bilan birga kelgan dugonalari — voyaga yetmaganlar Ş.B., A.I. va I.M. mojaroga aralaşgan va natijada E.M. tan jarohati olgan. Hozirda hodisa böyiça Andijon şahri böyiça IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, voyaga yetmaganlar Yu.D., Ş.B., A.I. va I.M.ning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi böyiça ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.