Qozog‘istonlik deputatlar Nazarboyevga quloq solmay uning ismi bilan ko‘chani nomlashdi
Janubiy Qozog‘iston viloyati maslihati (kengashi) deputatlari Chimkent shahridagi shohko‘chalardan birini mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ismi bilan nomlashga qaror qildilar. Bu haqda viloyat akimatida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, viloyatning ma'muriy markazi joylashgan Ostona shohko‘chasi Nazarboyev shohko‘chasi deb qayta nomlanadi. Bu tashabbusni Nazarboyevni qo‘llab-quvvatlovchi “Nur Otan” partiyasining Chimkentdagi bo‘limi rahbari Umirzaq Maldaxanov bildirgan. Ko‘chaning qayta nomlanishi muddati ma'lum qilinmagan.
O‘tgan yil noyabrda Nazarboyev nomi bilan Olmaotadagi sobiq Furmanov ko‘chasi atalgandi. O‘shanda Nazarboyev shahar rahbariyatining bu ishidan norozi bo‘lgandi.
“Men barcha qozog‘istonliklarga buni qilmaslikni aytaman. Kerak emas. Gap umuman bundamas. Tarixda ishlar bilan qolish kerak. Uzoq umr ko‘rish bilan, qandaydir haykallar bilan emas, ishlar bilan. Haykallar bilan davrlar o‘tib nimalar bo‘lishini hammamiz tarixdan yaxshi bilamiz. Atadilar ham deylik. Yaxshiyamki mening ismim Furmanov ko‘chasiga berilgan, boshqasiga emas. Olmaota baribir ona shahrim. Ya'ni hammasi uchun rahmat, biroq buni qilish kerakmas”, deb aytgandi Nazarboyev.
Mavzuga oid
18:55 / 03.09.2024
Qozog‘iston janubidagi «avariya»da O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024