Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy va xorijiy OTMlarning daromadlariga soliqlardan imtiyoz berildi
Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta'lim muassasalariga soliq va majburiy ajratmalardan imtiyozlar tatbiq etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, 2023 yilning 1 yanvariga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Byudjyet kodeksining 60-63-moddalarida ko‘rsatilgan manbalari, ya'ni faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olganlik uchun to‘lovlar va boshqalardan olingan daromadlar, qo‘shimcha daromad oladigan byudjyet tashkilotlaridan undiriladigan barcha soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalardan ozod qilinadi.
«O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim faoliyati doirasida soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, ushbu universitetlarning chet ellik xodimlarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etildi», deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.
Oliy ta'lim muassasalarida soliq vositasi bilan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali xalqqa zamon talablariga javob beradigan ta'lim xizmatlarini rivojlantirish asosiy maqsad etib belgilangan. Xususan, ta'lim muassasalarini moddiy texnik bazasini kengaytirish va mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek ta'lim xizmatlari to‘lovlari yukini kamaytirish hisobiga aholining real daromadlarini oshirishni ta'minlash ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Mavzuga oid
07:27 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga davlat budjeti hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi
20:08 / 05.05.2026
Elektromobil egalariga ehtimoliy subsidiya miqdori ma’lum bo‘ldi
10:07 / 03.04.2026
O‘zbekiston milliy valutada 1 mlrd dollar ekvivalentidagi obligatsiyalarni 12,25 foiz stavkada joylashtirdi
10:00 / 29.03.2026