Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 2018 yil Troya yili deb e'lon qilindi
Turkiyada 2018 yil Troya yili deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan Turkiyaning Chanakkale shahri va shimoli-g‘arbidagi qadimiy Troya shahrida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
“Troya – butun sivilizatsiyalar uchun ilhom manbai, afsonalar onasi, Sharq va G‘arbning uchrashgan va kurashgan markazi, u noyob merosga ega. Bizga meros bo‘lib qolgan bu qadimiy toshlarni nafaqat saqlab qolmoqchimiz, balki dunyo muzey va sayyohlik markaziga aylantirmoqchimiz”, deb aytdi Chanakkale gubernatori Orxan Tavli.
Turkiya madaniyat va turizm vaziri No‘'mon Kurtulmushning ta'kidlashicha, Troyada alohida sayyohlik hududi yaratiladi.
“Troya yili doirasida biz Turkiya va butun dunyo bo‘ylab simfonik musiqa konsertlari, Troya haqida spektakllar uyushtirmoqchimiz. Troya bosh mavzu bo‘ladigan o‘nlab ko‘rgazmalarda ishtirok etamiz. Universitetlar tadqiqotlar olib boradilar. Qisqa metrajli filmlar suratga olinadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Kurtulmush.
2018 yilda Troyaning YuNeSKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganining 20 yilligi nishonlanadi.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026