Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonlik ayol Qodirovdan odamlarni o‘g‘irlashni bas qilishni so‘radi (video)
Chechenistonda yashovchi ayol Ramzan Qodirovga va uning onasi Ayman Qodirovaga videomurojaat yo‘lladi. U Checheniston rahbaridan odamlarni o‘g‘irlashni bas qilishni so‘ragan, uning onasini esa o‘g‘lini yaxshi yo‘lga boshlashga chaqirgan.
«Sen hamma chechenlarni o‘zingdan qo‘rqadi deb o‘ylama. Odamlarni mazax qilishni bas qil. Zelimxonni onasiga qaytar, axir sening ham onang borku? Senda uyat va vijdon yo‘qmi?
Sen respublika rahbari bo‘lishga munosib emassan, senga hatto cho‘ponlikni ham ishonib bo‘lmaydi. Sen kech tushguncha qo‘ylar galasini ham eplay olmaysan», — deya Qodirovga yuzlangan bu o‘z nomini oshkor etmagan ayol. Video You Tube portalidagi Anti Kadyrov kanalida e'lon qilingan.
«Sen taqdirdan xafa itga o‘xshaysan. Hammaga tashlanasan. Nimalar qilyapsan? Men senga qaysi tilda gapirishni ham bilmayapman. Sen inson tilini tushunarmiding?», deya davom etgan u.
Rus va chechen tillarida aralashtirib gapirgan bu ayol Ramzan Qodirovdan «barcha chechenistonliklarni o‘ziga qarshi qilib qo‘ymaslik»ka chaqirgan va undan «qolgan bolalarni omon qoldirish»ni so‘ragan. U o‘tgan yilning avgustida izsiz yo‘qolib qolgan chechenistonlik qo‘shiqchi Zelimxon Bakayev haqida eslaydi. Uning fikricha, gomoseksualizmda gumon qilingan bu yosh yigit Qodirovning buyrug‘i bilan o‘g‘irlab ketilgan. Video muallifi Bakayev aslida gomoseksualist emasligini aytadi. Rolik yakunida ayol «axir chechenistonliklarning yarmi gomoseksualist emasku» deya respublika rahbariga «Allohdan jazo» so‘raydi.
Qodirovning onasi Ayman Qodirovaga yo‘llagan ikkinchi murojaatida ushbu ayol onadan o‘g‘lining begunoh insonlarni o‘ldirishini to‘xtatishni so‘ragan.
«Senga murojaat qilishimning sababi shuki, har kuni 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh yigitlarni o‘g‘irlashmoqda. Men ular nima qilishayotganini bilmayman. Ramzan ham bilmasa kerak. Agar sen Allohga va taqdirga ishonsang, o‘z o‘g‘lingga ayt, u begunoh yigitlarni o‘ldirishni bas qilsin», - deya so‘raydi ayol.
«Masalan, Bakayev haqida haligacha hech narsa ma'lum emas. Ramzan u bilan nima bo‘lganini biladi – uni o‘g‘lingning odamlari o‘g‘irlab ketgan. Men ham onaman. Sendan bir ona sifatida o‘tinaman. Hech bo‘lmasa uning jasadini qaytarishsin. Bu yosh yigitlar bilan nimalar ro‘y berayotganini bila turib, qanday ibodat qilasan? O‘g‘ling begunoh odamlarni o‘ldirayotganini bila turib, sen qanday xotirjam namoz o‘qiy olasan?», degan u.
Mavzuga oid
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
14:47 / 12.01.2026