Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Iroq chegarasida davomli zilzilalar ro‘y berdi
Bugun, 11 yanvar kuni davomida Eron va Iroq chegaralari hududida 5 marta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Tehron universitetining geofizika institutidagi seysmologik markaz xabar berdi.
Nisbatan kuchliroq zilzila mahalliy vaqt bilan soat 6:59da ro‘y bergan, uning kuchi 5,6 ballni tashkil etgan. Yer silkinishi markazi Iroq bilan chegara yaqinidagi Sumar aholi punkti yaqinida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 8 kilometr chuqurlikda.
Iroqdagi kurdlarning Rudaw telekanali ma'lumot berishicha, zilzila Iroq Kurdistoni hududida, jumladan, Arbil shahrida ham sezilgan.
Biroz vaqt o‘tib seysmologlar ushbu hududda 5,4 balli ikkita zilzilani qayd etishgan. Kunning ikkinchi qismida yana 5 va 5,4 balli zilzilalar kuzatilgan.
Eron seysmik faollik hududida joylashgan, bu mintaqada tez-tez zilzilalar sodir bo‘lib turadi. O‘tgan yilning noyabr oyida mamlakatning g‘arbiy qismida ro‘y bergan 7,2 balli zilzila oqibatida 600 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:56
«Mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi» - Tramp Eronning tinchlik taklifini rad qildi
08:52
NYT: Kaspiy dengizi Rossiya va Eron uchun strategik savdo yo‘lagiga aylandi
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
11:29 / 08.05.2026