Jahon | 09:56 / 11.01.2018
9913
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada bosh vaziri mamlakatga IShIDning qancha jangarisi qaytib kelganini aytdi 

Foto: CBC

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhining taxminan 60 jangarisi Kanadaga Yaqin Sharqdan qaytib kelgan. Bu haqda CBC xabar bermoqda.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, razvedka xizmatlari bu shaxslarni kuzatmoqda, shuning uchun kanadaliklar o‘zlarini xavfdan xoli, deb hisoblashlari mumkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, razvedkaga Kanada bilan bog‘liq bo‘lgan 180 shaxs ma'lum. Ular IShID va boshqa terrorchilik guruhlariga qo‘shilish uchun uchinchi mamlakatlarga safar qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid