Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash vazifasi yuklandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiyaga jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashni ta'minlash vazifasini topshirdi. Bu haqda davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qilgan.
«Bundan buyon mamlakatimizda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalasiga ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va Milliy gvardiya qo‘mondoni B.Toshmatov shaxsan javobgar bo‘ladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda xavfsiz hudud loyihasini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi bilan birga Milliy gvardiya mas'ul va javobgar etib belgilandi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Shuningdek, prezident Milliy gvardiya qo‘mondoni B.Toshmatovga tashkiliy ishlarni tezroq yakunlab, o‘zining bevosita vazifasi bo‘lgan jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalasi bilan yaqindan shug‘ullanish vazifasini topshirdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi - O‘zbekiston qurolli kuchlari tarkibidagi harbiylashtirilgan tuzilma. Soni, taxminlarga ko‘ra, 1 000 kishi. Milliy gvardiya muhim strategik bazalar va obektlarni, shuningdek, alohida muhim shaxslarni qo‘riqlaydi.
Mavzuga oid
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025
Oq uy yaqinidagi otishmadan so‘ng AQSh Milliy gvardiyasi xizmatchisi halok bo‘ldi
20:50 / 14.10.2025
Katta shaharlardagi jamoat joylarida xizmat itlari patrullik qila boshladi
14:22 / 11.09.2025