Sport | 22:10 / 12.01.2018
12133
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi Olimpiada natijalari bo‘yicha prognoz berildi 

Foto: Reuters

Sport sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy mutaxassislar va tahlilchilar 2018 yil qishki Olimpiadaning natijalari, ya'ni qaysi davlat qancha medalni qo‘lga kiritishi mumkinligi borasida prognoz berishdi hamda medallar jadvalini e'lon qilishdi.  

E'tiborlisi, ro‘yxatda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan Olimpiadada ishtirok etishdan chetlatilgan Rossiya terma jamoasi yo‘q. Biroq XOQ komissiyasi Olimpiadada neytral bayroq ostida ishtirok eta oluvchi rossiyaliklar bo‘yicha hukm chiqargandan keyin, Rossiya jadvalda 6-o‘ringa qo‘yiladi.

Mutaxassislarning fikricha, yakuniy jadval quyidagicha ko‘rinish oladi.

1. Germaniya — 14 oltin medal (umumiy medallar soni 40 ta),
2. Norvegiya — 14 oltin medal (37),
3. AQSh — 10 oltin medal (29),
4. Fransiya — 9 oltin medal (24),
5. Kanada — 7 oltin medal (33),
6. Janubiy Koreya — 7 oltin medal (10),
7. Niderlandiya — 6 oltin medal (18),
8. Avstriya — 6 oltin medal (15),
9. Xitoy — 6 oltin medal (9),
10. Yaponiya — 4 oltin medal (15).

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid