Jahon | 10:17 / 12.01.2018
12943
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an bobosi Birinchi jahon urushi vaqtida ruslarga qarshi kurashganini aytdi

Foto: RIA «Novosti»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bobosi Birinchi jahon urushi yillari Sariqamish atrofida rus armiyasi bilan janglarda qatnashgani va sovuqdan muzlab qolib vafot etganini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, gap Sariqamishdagi jang haqida ketmoqda, u 1914-1915 yillarda yuz bergan. Bu turk qo‘shinlarining rus Kavkaz armiyasiga qarshi Turkiya shimoli-sharqidagi himoya amaliyoti bo‘lgan. O‘shanda kuchli sovuq tufayli minglab turk askarlari hayotdan ko‘z yumgan. Jang rus armiyasining g‘alabasi bilan yakunlanib, bu Usmoniylar imperiyasi hududiga kirish imkonini bergan.

«Qishlog‘imizda yashovchi ba'zi odamlar Sariqamish kampaniyasidan qaytib kelgach, ular bobom qo‘lida qurolni ushlab olgani holda, muzlab qolganini aytib berishgan. Bizning barcha qahramonlarimiz, jumladan bobomning ham xotirasi doimo yodimizda», - dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya Mudofaa vazirligi prezident bayonotiga izoh bergan.

«Bizning arxivlarda ma'lum bir hujjatlar bor, ularda Rizo viloyatidagi Ulujomi qishlog‘ida yashovchi Mustafoning o‘g‘li Kamol, prezident Toyyib Erdo‘g‘anning bobosi, 1915 yilning yanvarida hayotdan ko‘z yumgani bildiriladi», - deyiladi vazirlik bayonotida.

U yaralanmagani tufayli halok bo‘lganlar ro‘yxatida qayd etilmagan.

Mavzuga oid