Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning sabzavotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi startapi 2,8 milliard dollarga baholandi
Foto: Bloomberg
Xitoylik fermerlarning restoranlarga sabzavotlar sotishiga yordamlashuvchi Meicai startapi Tiger Global Management va China Media Capital fondlari boshchiligidagi sarmoyachilar guruhidan 450 million dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Raund davomida kompaniya 2,8 milliard dollarga baholandi, deya xabar beradi Bloomberg.
Meicai o‘z faoliyatini 2014 yilda boshlagan, kompaniya restoranlar sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri feremalardan buyurtma qilishiga ko‘maklashuvchi servisni rivojlantirmoqda. Loyiha bilan 10 millionga yaqin kichik va o‘rta muassasalar hamkorlik qilmoqda.
Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya o‘z xizmatlari ko‘lamini kengaytirishi uchun moliyalashtirishga ehtiyoj sezmoqda. Meicai rahbari Lyu Chuantszyun vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
Meicai raundi Xitoy kompaniyalari venchur bozorida yuqori baholanayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda. Preqin tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda dunyoning eng yirik o‘n venchur shartnomasidan beshtasi Xitoy kompaniyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yil davomida bu mamlakat kompaniyalari umumiy hisobda 65 milliard dollar sarmoya jalb qilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026