Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya kubogi. «Barsa» «Selta»ga 5ta gol urdi, «Sevilya» va «Espanol» chorak finalga chiqdi

Foto: La Liga
Ispaniya kubogining 1/4 finali uchta yangi ishtirokchisi nomi ma'lum bo‘ldi. Bularga «Sevilya», «Espanol» va «Barselona» aylandi.
«Sevilya» «Kadis» ustidan mehmonda qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z maydonida ham ustun keldi. Mezbonlar safida Vissam Ben-Yyedder va Xoakin Korrea gol kiritdi.
«Espanol» «Levante» bilan mehmonda kechgan o‘yinda uydagi mag‘lubiyatdan so‘ng kerakli hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniya jamoasi safida Leo Baptistau va Xerar Moreno o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«Barselona» esa joriy mavsumdagi Ispaniya kubogining so‘nggi chorak finalchisiga aylandi. Kataloniya klubi musobaqa 1/8 finali doirasidagi javob bellashuvida «Selta»ni 5:0 hisobida taslim etdi.
Lionel Messi 15-daqiqaga kelib dubl qayd etdi, Xordi Alba va Luis Suares birinchi bo‘lim o‘rtalariga qadar uch daqiqa ichida yana bittadan gol urdi. Ivan Rakitich 87-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.
30 yoshli Messi Ispaniya kubogida urgan gollari sonini 46ga yetkazdi va musobaqa tarixidagi to‘purarlar top-10ga kirdi.
Ispaniya kubogi chorak finaliga qur'a tashlash marosimi 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Barselona – Selta 5:0 (4:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Messi, 2:0 – 15 Messi, 3:0 – 28 Alba, 4:0 – 31 Suares, 5:0 –87 Rakitich.
Barselona – Sillessen, Pike (Vermalen, 46), Alba, Nelson Semedu, Maskerano, Rakitich, Buskets, Andre Gomesh, Inesta (Xose Arnais, 63), Suares, Messi (Dembele, 59).
Selta – Alvares, Gomes, Kastro, Malo, Fontas, Lobotka, Xosabed, Mor, Vass (Radoya, 46), Sisto (Brais Mendes, 57), Aspas (Maksi Gomes, 46).
Birinchi o‘yin – 1:1
Sevilya – Kadis 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 31 Ben-Yyedder, 2:0 – 54 Korrea, 2:1 – 86 Garsiya Rivera.
Sevilya – Riko, Karol, Korshya, Langle, Merkado, Banega (Vaskes, 73), Korrea, Sarabiya, Gays, Nzonzi (Pisarro, 83), Ben-Yyedder (Muriel, 78).
Kadis – Yanes, Korrea (Garsiya Rivera, 69), Servando, Ketsoyevich, Olivan, Aytor Garsiya (Karrilo, 61), Abdulla, Niko Idalgo, González, Barral(Valderrama, 61), Traore.
Ogohlantirishlar: Olivan (26), González (74).
Birinchi o‘yin – 2:0
Levante – Espanol 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 14 Baptistao, 0:2 – 34 Moreno.
Levante – Fernandes, Kabako, Tono, Mur, Rodriges, Lukich (Morales, 63), Kampanya, Bardi, Samu (Ivi Lopes, 46), Djyeyson, Nano (Boateng, 46).
Espanol – Lopes, Ermoso, Naldo, Vila, Lopes Silva, Granero, Xavi Fuego, Xurado (Darder, 83), Mark Navarro, Baptistao (Garsiya, 79), Moreno.
Ogohlantirishlar: Ermoso (21), Lukich (42), Boateng (61).
Birinchi o‘yin – 2:1
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon rahbari Venesuela prezidentini ag‘darish bo‘yicha operatsiya tayyorligini bildirdi
Jahon | 23:41
-
Ispaniyada «Vuelta» velopoygasi Falastin tarafdorlari namoyishi tufayli muddatidan oldin yakunlandi
Sport | 23:38
-
Xitoydagi uchrashuvlardan G‘arb tashvishda. O‘zbekistonning qarashlari qanday?
O‘zbekiston | 23:24
-
Tramp AQSh qurolli kuchlarini Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni buyurdi
Jahon | 22:45
Mavzuga oid

12:27 / 24.08.2025
«Siti» yutqazdi, «Barsa»da kambek. Kun o‘yinlari

10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari

18:24 / 15.08.2025
Ikki turlicha kampaniya. «Real» va «Barsa»ning yozgi transferlari haqida

23:49 / 16.07.2025