Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers bu mavsumda guruh bosqichidayoq kubaliklarga duch keladi
Shu yilning fevral oyidan Jahon boks seriyasi (WSB) navbatdagi VIII mavsumiga start beriladi.
Uzbek Tigers bu mavsumda ham ishtirok etadi.
Uch mintaqaga bo‘lingan turnirda Uzbek Tigers Amerika jamoalari Colombia Heroicos (Kolumbiya), Cuba Domadores (Kuba) va Caciques de Venezuela (Venesuyela) bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Uzbek Tigers ning guruhdagi uy bellashuvlari sanalari:
23-24 fevral: Cuba Domadores (Kuba)
2-3 mart: Colombia Heroicos (Kolumbiya)
6-7 aprel: Caciques de Venezuela (Venesuyela)
Safar bellashuvlari sanalari:
9-10 fevral: Cuba Domadores
23-24 mart: Colombia Heroicos
13-14 aprel: Caciques de Venezuela
WSB turnirining qolgan guruhlari:
Osiyo mintaqasi
China Dragons (Xitoy)
Indian Tigers (Hindiston)
Astana Arlans (Qozog‘iston)
Patriot Boxing Team (Rossiya)
Yevropa mintaqasi
France Fighting Roosters (Fransiya)
British Lionhearts (Buyuk Britaniya)
Italian Thunder (Italiya)
Croatian Knights (Xorvatiya)

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Uzbek Tigers guruh bosqichini Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya vakillari bilan o‘tkazgan va ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqqandi. Jamoa chorak finalda Cuba Domadores sportchilariga 3:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Yakunda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Cuba Domadores jamoasini yenggan va musobaqada uchinchi bor zafar quchib, WSB rekordini o‘rnatgandi.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026