Jahon | 17:00 / 14.01.2018
4687
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya migrantlarni qabul qilish markazlari ko‘lamini kengaytiradi

Foto: AP

Fransiya hukumati 2018 yil davomida mamlakatdagi migrantlarni qabul qilish va joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi tajribaviy markazlari ko‘lamini  kengaytiradi. Ichki ishlar vaziri Jyerar Kolon Parisien gazetasiga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakatda CAES'ning yangi "qabul va vaziyatni tahlil qilish markazlari" ishlamoqda va ular 1300 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyihaning muvaffaqiyati hukumatning bu markazlarni kengaytirish qarorini keltirib chiqardi. 

"Mazkur loyiha muvaffaqiyatini inobatga olib, yaqin oylarda mintaqada 200 o‘rin ochishni ko‘zlayapmiz... Il-de-Frans mintaqasida (poytaxt mintaqasi) o‘rinlar soni 900 taga yetadi", - deydi Kollon. 

Vazirning aniqlik kiritishicha, Fransiya hukumati yanvar oyi oxiriga borib 200 o‘rin va 2018 yil davomida yana 200 o‘rin ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ymoqchi. U Parij ostidagi Ri-Oranji kommunasida ham yangi CAES markazi ochilishini qo‘shimcha qildi.

Kale port shahrida avval migrantlarning eng yirik lageri joylashgan bo‘lgan. 2016 yilning noyabrida lager ko‘chirilgan bo‘lishiga qaramay, mintaqaga migrantlar kelishda davom etmoqda.

"Kaleda 400 nafar odam qoldi, o‘tgan yili esa 7 ming migrant o‘sha yerda bo‘lgan. Yana 50 ga yaqin migrant Grant-Sent kommunasida istiqomat qilmoqda. Hali-hanuz Angliyaga ketish istagida bo‘lganlar bor. Shimol va Pa-de-Kaleda besh CAES markazini ochdik. Ko‘chalarda uxlaydiganlar ularga murojaat qilishni istamaydi, chunki ular Fransiyadan boshpana berishni so‘ramoqchi emas", - dedi Kolon.

Yevropa Ikkinchi jahon urushi davridan keyin eng jiddiy migratsion inqirozga yuz tutmoqda. Bunga birinchi navbatda Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi qurolli to‘qnashuvlar va iqtisodiy muammolar sabab bo‘lmoqda.  

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid