Jahon | 22:10 / 14.01.2018
4229
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada aholini psixologik himoya qiluvchi idora ishga tushmoqda

Foto: RIA "Novosti"/ Aleksey Filippov

Shvetsiya hukumati yakshanba kuni aholini ehtimoliy "ta'sir kampaniyalari"dan psixologik himoyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalda qo‘llash uchun yangi idora tashkil qilishi haqida ma'lum qildi. 

"Psixologik himoya aholining tinch zamonda o‘zini himoyalashi va urush vaqtida qarshilik qilishiga yordam berishga yo‘naltirilgan. Psixologik himoya shuningdek ta'sir kampaniyasini aniqlash, tahlil qilish va reaksiya bildirishga ham qaratilgan", - deyiladi xabarda. Idora qanday nomlanishi va uning kimga qarashli bo‘lishi haqida ma'um qilinmagan. 

Yangi idora taqdimoti munosabati bilan Shvetsiya hukumati sentabrdagi parlament saylovlarida ehtimoliy "ta'sir kampaniyalari"dan himoyalanishga doir chora-tadbirlar bilan ham bo‘lishdi. 

"To‘qqizinchi sentabr kuni shved xalqi saylovlarga chiqadi. So‘nggi yillar boshqa mamlakatlardagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga urinish holatlari kuzatildi. Shvetsiyadagi bo‘lg‘usi saylovlarda kamchiliklar bo‘lishi haqida hech qanday gap yo‘q, biroq ularning himoyalangan bo‘lishiga ham to‘liq kafolat yo‘q", - deyiladi matbuot xabarida.

Xususan, markaziy saylov komissiyasi va vazirlar mahkamasi faoliyatida xavfsizlik choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, Shvetsiya hukumati shu mavzuda suhbatlashish uchun mahalliy OAV va yirik ijtimoiy platformalar vakillarini taklif qilgan. Barcha parlament partiyalari ta'sir kampaniyalari xavfidan ogohlantirilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid