Jahon | 08:00 / 14.01.2018
8543
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya bilan chegaradosh hududlariga harbiy texnika jo‘natdi

Foto: AFP

Anqara Suriya bilan chegaradosh Xatay viloyatiga harbiy texnika, jumladan tanklar jo‘natdi. Bu haqda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda

Turkiya qurolli kuchlaridagi manbaning ma'lum qilishicha, tanklar chegara qismlarini kuchaytirish uchun yuborilgan. Axborot agentligi xodimlari yuk mashinalariga ortilgan tanklarni suratga olishgan. 

13 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk armiyasi bir hafta ichida suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari (YPG) tomondan nazorat qilinuvchi, Suriyaning shimolidagi Manjib va Afrin shaharlarida operatsiya boshlashi mumkinligini aytgandi. Erdo‘g‘anning aytishicha, AQSh Suriyaga YPG uchun qurol ortilgan 4,9 mingta yuk mashinasi va 2 mingta samolyot jo‘natgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid