Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dahshatli YTH oqibatida 2 ayol hayotdan ko‘z yumdi
14 yanvar kuni kechki soat 20:40 lar atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani «Maroqand» to‘yxonasi yaqinida ro‘y bergan dahshatli yo‘l-transport hodisasi 2 ayolning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.
1999 yilda tug‘ilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, vaqtincha ishsiz A.G. boshqa kishiga tegishli bo‘lgan «Spark» avtomashinasini boshqarib ketayotib, ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Buning oqibatida 1970 yilda tug‘ilgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi Z.R. hamda 1966 yilda tug‘ilgan, Ko‘ksaroy QFYda yashovchi S.A. 2-Toshkent Tibbiyot akademiyasi shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar jabrdiydalarni ko‘rikdan o‘tkazganlaridan so‘ng, ularning vafot etganlarini aniqlashgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zR JKning 266-moddasi 3-qismi bilan (Harakatlanish xavfsizligi qoidalari yoki transport vositalarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish, inson o‘limiga olib kelsa) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
12:29 / 25.06.2026