Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin Australian Open musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
Melburn shahrida tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» tasnifiga kiruvchi Australian Open turniri start oldi. ATR reytingida 56-o‘rinda borayotgan Denis Istomin turnirning birinchi raundini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
O‘zbekistonlik tennischi birinchi davrada fransiyalik ATR reytingida 81-o‘rinda borayotgan Per-Hyuz Erberga qarshi kortga chiqib raqibini to‘rt set yakuniga ko‘ra, 6:2, 6:1, 5:7, 7:6 (taybreykda 7:3) hisoblarida mag‘lub etdi va ikkinchi davraga yo‘llanma oldi.
Ikkinchi davrada Denis Istominga ATR reytingida 50-o‘rinni band etib turgan 23 yoshli britaniyalik tennischisi Kayl Edmund raqiblik qiladi. Ma'lumot uchun, Kayl turnirning birinchi davrasida musobaqaning 11-tartib raqamli tennischisi, dunyoning yetakchi tennischilaridan biri janubiy afrikalik Kevin Andersonni besh setda 6:7 (4:7), 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisoblarida mag‘lub etib sensatsiya qayd etgan.
Denis Istominning birinchi raundagi muvaffaqiyatli o‘yini asosiy vaziyatlarini quyida tomosha qilishingiz mumkin:
Mavzuga oid
08:45 / 08.06.2026
Rolan Garros–2026: Zverev tarixiy g‘alabaga erishdi
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
08:30 / 01.02.2026
Qozog‘istonlik tennischi Australian Open g‘olibi bo‘ldi
01:22 / 19.01.2026