Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Putinni 2018 yilgi saylovlar g‘olibi sifatida e'lon qilib qo‘ya qoldi
Foto: Reuters
Google qidiruv tizimi Rossiyadagi 2018 yilgi prezidentlik saylovlari bo‘yicha so‘rovga javoban shunday vidjyetni chiqardiki, unda amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin martda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan saylovlarning g‘olibi sifatida hozirdan ko‘rsatib qo‘yilgan.
Bunday «taxmin» turli murojaat variantlarida, jumladan ingliz va nemis tilida ham chiqarilgan.
Tizim Putinni eng uzoq vaqt davomida «2018 yilgi prezidentlik saylovlari, g‘olib» so‘rovida chiqarib bergan.
Putinning saylovlardagi g‘alabasi haqida ma'lumot bergan vidjyet axborotni Vikipediyadan olgan. OAVda Google’ning bunday «taxmini» haqida ilk ma'lumotlar paydo bo‘lgach, vidjyet ko‘rsatilgan so‘rov bo‘yicha taqdim etiluvchi sahifada aks etmay qoldi.
RBK’ga Vikimedia Rossiya bo‘linmasi ijrochi direktori Stanislav Kozlovskiyning aytishicha, Google’dagi xato foydalanuvchilardan kimdir onlayn-ensiklopediyada RFdagi saylovlarga oid maqolani qayta tahrir qilgani tufayli yuz bergan.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
20:24 / 07.05.2026