Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar harbiy samolyotlari BAAning yana bir yo‘lovchi samolyotini ta'qib qildi
Qatarning qiruvchi samolyotlari BAAning Bahraynda qo‘nishi kerak bo‘lgan yana bir yo‘lovchi samolyotini ta'qib qildi. Bu haqda BAAning fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma'lum qildi.
“Qatar harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyoti BAAning fuqarolik samolyotini Bahrayn xalqaro aeroportiga qo‘nish vaqtida ta'qib qildi. Qatar bu harakatlari bilan mintaqadagi fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymoqda”, deb aytilgan boshqarma xabarida. Ta'kidlanishicha, yo‘lovchi samolyoti “muntazam, avvaldan rejalashtirilgan va ma'lum yo‘nalish” bo‘yicha harakatlangan va “barcha zarur hujjatlar”ga ega bo‘lgan. Boshqarmada bunday hodisalarga BAA, jumladan Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti va boshqa tashkilotlar tomondan qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha “qonuniy choralar” ko‘rib chiqilayotgani ta'kidlab o‘tildi.
Avvalroq 15 yanvarda BAAning fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi Qatar harbiy samolyotlari Bahrayn poytaxti Manamaga reys amalga oshirayotgan yo‘lovchi samolyotini ta'qib qilganini ma'lum qilgan va buni “xalqaro kelishuvlarning qo‘pol buzilishi” deb atagan. Qatar tashqi ishlar vazirligi BAAning barcha ayblovlarini rad etgan.
2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va o‘zlarining ichki ishlariga aralashuvda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilishgan.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
18:00 / 19.06.2026