Jahon | 19:04 / 15.01.2018
18833
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda folbinlarga “ov boshlandi” – OAV

Turkmaniston politsiyasi yangi yil boshidan folbinlarni ushlab, ularga jarima sola boshladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushlangan folbinlar politsiya bo‘limlariga olib kelinib, ularga ma'muriy qoidabuzarlik ayblovi qo‘yilib, bayonnoma tuzilmoqda va 100 manat (25 dollarga yaqin) miqdorida jarima yozib berilmoqda. 

Nashrning amaldorlar orasidagi manbasining aytishicha, folbinlar ta'qib qilinayotganiga huquq-tartibot idoralariga “mamlakat byudjyetini istalgan yo‘l bilan to‘ldirish” buyurilgani sabab bo‘lgan. Amaldor haydovchilarga turli bahonalar bilan jarima solinayotgani, oxirgi 5 yil ichida haydovchilik guvohnomasi olgan ayollarga guvohnomani olish uchun qayta imtihon topshirish talabi qo‘yilayotganini shu sabab bilan tushuntirgan.

Shuningdek, Turkmanistonda yil boshidan beri oq rangli mashinalardan boshqa ranglardagi mashinalarda yurish taqiqlab qo‘yildi.   

Mavzuga oid