Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon fondi yerida chorva mollarini o‘tlatishga qanday jarima belgilanadi?
9.01.2018 yildagi O‘RQ-459-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 77-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Norma.uz’ning yozishicha, endi chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik ko‘rinishida ma'muriy huquqbuzarlikning ancha og‘ir turi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: o‘rmon fondida chorva mollarini o‘tlatish tartibi O‘zbekiston Respublikasida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish qoidalari (22.11.1999 yildagi 506-son VMQga 3-ilova) bilan tartibga solinadi.
Ushbu huquqbuzarlik birinchi sodir etilganda fuqarolar EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari EKIHning 1/3 dan 1 baravarigacha), mansabdor shaxslar esa — EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha) miqdorda jarima to‘laydi. Ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bunday harakatlar uchun jarimalar oshadi: fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa — EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (ilgari EKIHning 3 dan 7 baravarigacha).
Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxsga boshchilik qilgan holda fermer mansabdor shaxs hisoblanadi (MJtKning 15-moddasi 2-qismiga qarang). Agar dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs tashkil etgan holda tashkil etilgan bo‘lsa, uning rahbari fermer xo‘jaligi rahbari singari mansabdor shaxs hisoblanadi. Agar yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lsa – yo‘q.
O‘rmon xo‘jaligi yerlarida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy jazo faqat ma'muriy ishlar bo‘yicha sudyalar tomonidan qo‘llaniladi.
Qonun “Xalq so‘zi” gazetasida 10.01.2018 yilda e'lon qilingan va shu sanadan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
19:05 / 26.04.2026