O‘zbekiston | 23:21 / 15.01.2018
24972
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng yaxshi mehmonxona, eng yaxshi restoran va eng yaxshi gid aniqlanadi

Foto: KUN.UZ

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilda «Uzbekistan Tourism Awards» taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqida qo‘mita rahbari Aziz Abduhakimov matbuot anjumani vaqtida xabar berdi.  

Ma'lum bo‘lishicha, «Uzbekistan Tourism Awards» taqdimot marosimida respublika bo‘ylab eng yaxshi mehmonxona, eng yaxshi mehmonxona lageri, eng yaxshi gid, eng yaxshi restoran, eng yaxshi motel, eng yaxshi bloger, eng yaxshi fotosuratchi, eng yaxshi jurnalist kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. 

Anjumanda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berishicha, hozirda Turizm qo‘mitasi tomonidan mazkur mukofot konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. 

Shuningdek, qo‘mita qoshida maxsus fond tashkil etilgan bo‘lib, turistik imkoniyatlarni yanada kengaytirishga hissa qo‘shuvchi loyihalar qabul qilinishi ma'lum qilindi. Taklif va loyihalar mazkur fond tomonidan moliyalashtirilib, sovg‘a va grantlar ajratiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid