Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 yirik mamlakatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yiladi, 45 davlatga viza rejimi soddalashtiriladi
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish bo‘yicha 31 punktdan iborat Dastur qabul qilinadi. Ularning har biri xorijliklarning mamlakatimizga qiziqishini oshirishga yo‘naltirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduhakimov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Xorijga eksport qilinayotgan barcha mahsulotlar qadoqlarida mamlakatning turistik brendi reklamasi joy olishini ko‘zda tutuvchi standartni joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, bunday piar-kompaniya ko‘proq e'tibor jalb qilish maqsadida manzilli ish olib boradi. Masalan, xitoyliklar ko‘ngliga yo‘l topish uchun - Farg‘ona tulporlari, turklarga - ularning ajdodlari yashab o‘tgan maskanlar, rossiyaliklarga - sarxil meva va sabzavotlar haqidagi hikoyalardan foydalaniladi, musulmon mamlakatlarga esa - muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurish taklif etiladi. Ko‘p mamlakatlar aholisida O‘zbekiston hududi bilan bog‘liq muayyan assotsiatsiyalar mavjud, har tomonlama kampaniya ana shu asosga quriladi.
Sayyohlarni jalb qilish mamlakatimiz diplomatik missiyasi faoliyatining yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Bundan tashqari, turizm elchilari instituti yo‘lga qo‘yiladi. Chet ellik mashhur shaxslar xorijda O‘zbekistonning turistik brendini ilgari surishda yordam berishadi.
"Biz xorijliklar uchun O‘zbekistonga sayohat qilishni maksimal darajada qulay qilishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun viza rejimini bekor qilishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, shuningdek 5 yirik mamlakatga vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilib, 45 mamlakat uchun viza rejimi soddalashtiriladi. 2018 yil davomida esa elektron vizalar olish tizimi ishga tushiriladi", - dedi Aziz Abduhakimov.
Qisqa muddatli (72 soatgacha) vizalarni taqdim etish mexanizmini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Xorijiy tranzit yo‘lovchilar uchun aeroport chegara zonasi tashqarisida tanishuv turlarini tashkil qilish qoidalari ishlab chiqiladi.
Sayyohlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning aeroportlari va vokzallarida sim-kartalar, mobil internet-modemlar, shahar turlari, taksi buyurtma qilish, madaniy-ko‘ngilochar dasturlarga chiptalar olish nuqtalari paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yerlarda turistik obektlar, mahalliy turoperatorlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlar dislokatsiyalariga doir ma'lumotlarni topish mumkin bo‘lgan maxsus stendlar o‘rnatiladi. Shu bilan birga, turistik markaz ko‘chalarida qulay ko‘rsatkichlarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
11:00 / 12.06.2026