Jahon | 23:35 / 16.01.2018
12984
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti islom dunyosi uchun qaysi vazifa eng ustuvorligi haqida so‘zladi

Foto: Pars Today

IShID terrorchilik guruhining mag‘lub bo‘lishi Falastin masalasining hal qilinishi islom dunyosi uchun yana ustuvor vazifaga aylanganini anglatadi. Bunday fikrni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bildirdi.

Ruhoniy bu haqda Islom hamkorlik tashkiloti Parlament ittifoqining 13-sessiyasida aytib o‘tdi. 

“IShID ekstremistik oqimi mag‘lub bo‘lganining ijobiy tomonlaridan biri Falastin masalasining islom ummatining siyosiy kun tartibidagi ustuvor vazifa sifatida yana o‘z o‘rniga qaytgani hisoblanadi”, deb aytdi Ruhoniy.

Uning aytishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat va xavfsizlikning izdan chiqishiga asosiy sabab “okkupatsiyaning davom etishi va AQShning sionistik rejimni faol qo‘llab-quvvatlashi hamda falastin xalqining poytaxti Al-Quds shahrida bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tashkil etish huquqidan mahrum etilishi”dir.    

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid