Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning yetakchi innovatsion tashkilotlari va markazlari bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Mamlakatimizda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e'lon qilingan 2018 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 11 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, xorijdagi bir qator elchilarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
14 yanvar kuni vazir I.Abdurahmonov va O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi F.Arziyev o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda KUN.UZ’ga vazirlik axborot xizmati.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ilmiy va ilmiy-texnika sohalarida munosabatlariga tegishli masalalar, jumladan, bo‘lajak ikki tomonlama innovatsion rivojlanish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlari va tegishli «yo‘l xaritalariga» kirgan rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov, vazirlikning maqsadi va tuzilmasi, hamda olib borilayotgan ishlar haqida, Prezidentimiz tomonidan respublikamizning innovatsion rivojlanishi borasida belgilab bergan vazifalari va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish rejalari xususidagi gapirib berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi F.Arziyev ikki tomonlama ilmiy va ilmiy-texnika sohalarida amaliy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan tadbirlar va shunga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan chet ellik hamkorlar to‘g‘risida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashdi.
Kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga oid masalalar amaliy jihatdan muhokama qilinib, quyidagi sohalarda jadal ishlar olib borilishi qayd etildi, jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ilmiy-texnika sohalarida xalqaro nufuzli tashkilotlarda (xususan UN ESCAP — Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi) to‘laqonli qatnashishi va vakilligiga tegishli maslalarni ko‘rib chiqish.
- Hindistonning yetakchi innovatsion markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va oliygohlari bilan innovatsiya va ilg‘or texnologiyalarini rivojlantirish borasida hamkorlik o‘rnatish.
- Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etayotgan hududiy innovatsion markazlar bilan Hindistonning yetakchi innovatsion tashkilotlari va markazlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish.
- O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ilmiy va ilmiy-texnika kelishuvlarini tanqidiy o‘rganib, yangilarini tayyorlash va amaliy ish-rejalarini ishlab chiqish.
- Ustuvor ilmiy va ilmiy-texnika sohalarda (axborot-kompyuter texnologiyalar, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi, aqlli meditsina, «yashil» farmatsevtika, kosmik tadqiqotlar, muqobil energetika va boshqa sohalar) innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar yuzasidan qo‘shma loyihalar yaratish.
- O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ilmiy va ilmiy-texnika sohalarida innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarda yetakchi olim va mutaxassislar almashinuvi va konsultatsion xizmat tizimlarini yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026