O‘zbekiston | 17:32 / 16.01.2018
22505
2 daqiqa o‘qiladi

Shahar va xalqaro telefoniya narxlari oshiriladi

Foto: Fotolia

«O‘zbektelekom» AK 1 fevraldan mahalliy telefon aloqasi uchun abonent to‘lovini o‘rtacha 30 foizga va xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlari hamda xalqaro sun'iy yo‘ldosh aloqasi tarmoqlari tariflarini 70 foizga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

«O‘zbektelekom» AK ikki yildan ortiq vaqt davomida sifatli xalqaro aloqani ta'minlash bo‘yicha xarajat qismini o‘ziga olgan. Gap amaldagi telefon kabellarini yangilash va yangilarini o‘tkazish, asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish hamda boshqa narsalar haqida ketmoqda. Qo‘shni davlatlar operatorlarida stavkalar oshirilganiga qaramay, kompaniya xizmatlarni pasaytirilgan narxlar bo‘yicha taqdim etgan.

Bugungi kunda kompaniya moliyaviy barqarorlikka erishishga harakat qilmoqda. Shu bois o‘z faoliyati iqtisodiy samarasini ko‘zlab yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqmoqda. Operatorlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar xorijiy valyutada hisob-kitob qilishni ko‘zda tutmoqda. "Narxlar o‘smoqda va biz o‘z xizmatlarimiz bahosini qayta ko‘rib chiqishga majburmiz. Bundan tashqari, kompaniyamiz bo‘limlari texnik bazalarini modernizatsiya qilish, filiallarni xalqaro standartlarga muvofiq jihozlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda", - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid