Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov O‘zbekiston bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bayonotiga ko‘ra, RF O‘zbekistonning sobiq SSSR makoni ko‘p tomonlama tuzilmalardagi harakatlari faollashganini ma'qullaydi.
Lavrovning 2017 yildagi Rossiya diplomatiyasi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani davomida aytishicha, "Rossiya rasmiy Toshkent so‘nggi bir yil ichida ko‘p tomonlama tadbirlar, jumladan MDH, ShHT yo‘nalishi bo‘yicha faolroq ishtirok eta boshlaganini mamnuniyat bilan ta'kidlaydi".
Lavrovning qayd etishicha, Rossiya va O‘zbekistonni ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turadi. "O‘tgan yilning bahorida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bizga tashrif bilan keldi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda strategik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi. O‘ylashimcha, bizning mamlakatlarda juda yaxshi salohiyatlar bor", - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rahbari.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026