Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:03 / 16.01.2018
15387
1 daqiqa o‘qiladi
Si Tszinpin Trampga KXDR bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Foto: Reuters
XXR raisi Si Tszinpin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Koreya yarim oroli bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar tiklash uchun kerakli sharoitlar yaratish lozimligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Sinxua».
Agentlikning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati yarim oroldagi yadro muammosini kerakli tarzda hal qilish uchun AQSh pozitsiyasiga qo‘shilishga tayyor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot bergandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish