2026 yilga borib yirik shaharlarda 2500 uchar taksi xizmat ko‘rsatadi

Foto: AirSpaceX
Airspace Experience Technologies (AirSpaceX) kompaniyasi Detroytdagi avtosalonda vertikal parvoz va qo‘nishni amalga oshiruvchi avtonom havo taksisining kichik nusxasini namoyish qildi. Bu taksi soatiga 400 kilometr tezlikda ikki yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. New Atlas shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Detroit Aircraft Corporation (DAC) bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan Mobi-One apparati yer usti shahar transportining ekologik sof va shovqinsiz muqobili bo‘lishi kerak. Uning asosida iqtisodiy jihatdan foydali mahsulotni ishlab chiqarishni ta'minlovchi "bejirim avtomobil dizayni va seriyali ishlab chiqarish texnologiyasi" yotadi.
Mobi-One uchar taksi to‘rt elektromotorda havoga ko‘tariladi va bu ishni vertolyotga nisbatan ancha shovqinsiz bajaradi. U 200 kg'gacha yuk tashishga mo‘ljallangan. Uning kreyserlik tezligi - 241 km/s, akkumulyatorning bir martalik zaryadida parvozning uzoqligi - 104 km'ni tashkil qiladi.
Uchar qurilma aviatsion elektron jihozlardan tashqari, keng tarmoqli internet aloqa, to‘qnashuvlarning oldini oluvchi V2X tizimi va xavfsizlikni ta'minlovchi boshqa vositalar bilan ta'minlangan. Mobi-One'dan yo‘lovchi va yuklarni tashishdan tashqari, jabrlanganlar yoki bemorlarni favqulodda evakuatsiya qilish, razvedka yoki ilmiy tadqiqotlarga doir ma'lumotlarni to‘plashda foydalanish mumkin.
Mobi-One uchar taksilarini ishlab chiqarishda Ford GT 2005 va 2006 bosh konstruktori Kamilo Pardo ishtirok etadi. To‘liq hajmli versiya tez orada AQSh Federal Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi sertifikatsiyasidan o‘tishi kerak.
"Bizning maqsadimiz — 2026 yilga borib 50 yirik shaharda 2500 uchar apparatdan iborat flotni yo‘lga qo‘yish, - deya ma'lum qiladi AirSpaceX tijorat direktori Jyey-Pi Yorro. - MOBi rivojlanish dasturi kapital sig‘imli bo‘ladi, biroq havo transporti xizmat turi sifatida iqtisodiyotga milliardlar keltirishi mumkin".
Yaqinda Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES ko‘rgazmasida Germaniyaning Volocopter kompaniyasi VC200 aerotaksisini namoyish etdi. U o‘zining 18 vinti bilan ko‘proq vertolyotni yodga soladi. Bunday uchar taksilar 2021 yildan boshlab Dubay aholisi va mehmonlarini tashiy boshlaydi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
-
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters
Jahon | 17:47
Mavzuga oid

15:33 / 19.03.2025
Buyuk Britaniyada elektr uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi

18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi

22:00 / 09.05.2024
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida uchar taksi va dronlarni sinovdan o‘tkazadi

10:49 / 10.02.2023