Sport | 14:37 / 17.01.2018
64501
2 daqiqa o‘qiladi

Fazliddin G‘oibnazarov harbiy xizmatni o‘tamoqda

Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Fazliddin G‘oibnazarov ayni damda harbiy xizmatni o‘tamoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga bokschining yaqinlari ma'lum qilishdi.

Ma'lum qilishicha, G‘oibnazarov Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tayapti.

Ma'lumot uchun, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkaziladilar.

Mavzuga oid: O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv e'lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 13 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi va belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.

Mavzuga oid: G‘oibnazarov boks va hayotdagi qiyinchiliklar, finalga jarohat bilan chiqqani va boshqalar haqida

2017 yilning dekabr oyi oxirlarida esa KUN.UZ Fazliddin G‘oibnazarov bilan intervyu tashkillashtirib, unda boks va hayotdagi qiyinchiliklar, finalga jarohat bilan chiqqani hamda boshqa ko‘plab narsalar haqida suhbat qurilgan edi. 

Fazliddin G‘oibnazarov 1991 yil 16 iyunda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tavallud topgan. 64 kg vazn toifasida jang olib boradi. 2016 yilgi Rio Olimpiadasi g‘olibi. Professional boksdagi ilk jangini 2017 yil 22 aprelda o‘tkazgan. 

Mavzuga oid