Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ Jizzaxga boradi va viloyat hokimi bilan suhbat uyushtiradi. Murojaatlar qabul qilinmoqda
KUN.UZ tahririyati O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab safarlarni davom ettiradi, yaqin kunlarda Jizzax viloyatiga safar mo‘ljallangan. Ushbu safar davomida viloyat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish maqsad qilingan. Viloyat aholisi rahbariyatga savol, taklif yoki shikoyatlarini sayt orqali yo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Ergash Saliyev bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvda aholini ko‘proq qiziqtirgan savollarga javob olish va dolzarb muammolarga e'tibor qaratish ko‘zda tutilgan. Tilga olinmagan savol, taklif va shikoyatlar viloyat hokimining qo‘liga topshiriladi.
Savol, taklif va shikoyatlarni qabul qilish vaqti chegaralangan.
Murojaatlarni ushbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin!
Eslatma: Siz bilan qayta bog‘lanishimiz uchun murojaatingizda ism-familiya va manzilingizni to‘liq yozib, ishonchli telefon raqamini ilova qiling.