Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Men buni 5 yil avval amalga oshirganman – Nazarboyev Trampning soliq islohoti haqida
Foto: akorda.kz
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda unga Qozog‘istonda 5 yil avval o‘tkazilgan soliq islohoti haqida so‘zlab berdi.
“Janob prezident, so‘zlarim oxirida sizni mamlakatingiz iqtisodiyot sohasida erishayotan ulkan yutuqlar bilan tabriklayman. Bu yutuqlarni hammamiz ko‘rmoqdamiz. Siz hayratlanarli soliq islohotini o‘tkazdingiz. Men buni qo‘llab-quvvatlayman, chunki o‘zim buni 5 yil avval amalga oshirganman. Bizda korporativ soliq – 20 foiz, daromad solig‘i barcha uchun 10 foiz”, deb aytgan Nazarboyev Oq uydagi brifingda.
Nazarboyev ayni vaqtda AQShda tashrif bilan qolmoqda. Uning tashrifi 18 yanvargacha davom etadi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
23:50 / 31.10.2025