Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi valyutafurush qo‘lga olindi
Foto: KUN.UZ
Buxoro shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro tumani, Chorbakr MFY, O‘zbakon qishlog‘ida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan N.Yu. Buxoro shahrida yashovchi G.R.ga har bir AQSh dollarini 8160 so‘mdan hisoblab, jami 6700 AQSh dollarini sotib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, xolislar ishtirokida uning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda avtomashina ichida 2190 AQSh dollari, 8500 Rossiya rubli va 8.525.000 so‘m pullar borligi ham aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan N.Yu.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025