Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda bir guruh paxta sanoati xodimlari ustidan jinoiy ish ochildi
“Angor paxta tozalash” AJ bosh direktori T.X., mazkur aksiyadorlik jamiyati 2-zona tovarshunoslari M.A. va G‘.M.lar, nazoratchi S.A., sifat laboratoriyasi xodimi R.A., shuningdek, “Surxonoziqovqatsanoati” AJ vakili A.N.lar haromdan hazar qilmaydiganlar sirasidan ekan, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.
Huquq tartibot organlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir chog‘ida yuk xatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan chigit mahsulotlarini talon-taroj qilayotganlar “tumshuqlaridan ilindi”. Ulardan noqonuniy ravishda olib ketilayotgan 48219 kilogramm texnik chigit daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, “Angor paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslari 2017 yil paxta mavsumida fermer xo‘jaliklariga 204730 kilogramm paxta xom ashyosini qo‘shib yozganligi aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha T. X., M. A., S.A., R. A., G.M., A.N.lar, shuningdek, X.Ch. va A.E.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:43 / 20.02.2026
Surxondaryoda hokim o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
15:09 / 19.02.2026
Surxondaryoda giyohvandlik moddasi bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
20:43 / 03.02.2026