Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati kabinalari soni ko‘paytirildi
Qirg‘iziston - O‘zbekiston chegarasida pasport nazorati kabinalari soni ko‘paytirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Knews.kg.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday choralar Qirg‘iziston davlat chegarasidan o‘tayotganlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirildi. Chegara o‘tkazish punktlarida rejimni qo‘llab-quvvatlash uchun Qirg‘iziston chegara mahkamasi nazorat-o‘tkazish punktlarining o‘tkazish imkoniyatini oshirish va ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirayotgani aytildi.
«Xususan, O‘sh viloyatidagi «Dostuk-avtodorojnyy» xalqaro o‘tkazish punktida chegaraoldi nazoratining qo‘shimcha kabinalari o‘rnatildi va foydalanishga topshirildi. 15 yanvardan pasport nazorati 10 ta kabinada amalga oshirilmoqda: 5 – Qirg‘izistondan chiqishda. 5 – respublikaga kirishda. NO‘P o‘tkazish imkoniyati 1,7 barobarga oshdi – chegarani bir sutkada 7 mingdan ortiq inson kesib o‘tmoqda. Batken viloyatidagi «Kadamjay-avtodorojnyy» o‘tkazish punktida ham qo‘shimcha kabinalar o‘rnatildi, buning natijasida punkt o‘tkazish imkoniyati 2 barobarga oshdi. U yerda yo‘lovchi oqimi sutkasiga 2 – 2,5 ming kishini tashkil etadi, garchi o‘tkazish punkti sutkasiga 700 – 750 kishiga mo‘ljallangan. Pasport nazorati bo‘yicha qo‘shimcha kabinalar 19 yanvardan ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda», - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Jalolobod viloyatidagi «Madaniyat-avtodorojnyy» xalqaro NO‘Pda ham pasport nazorati bo‘yicha qo‘shimcha kabinalar foydalanishga topshiriladi: 2 ta – mamlakatdan chiqishda, 2 ta – Qirg‘izistonga kirishda. Bu NO‘P har kuni 350 – 500 kishini o‘tkazishga mo‘ljallangan, biroq 2017 yilning sentabridan yo‘lovchi oqimi oshdi va kuniga 900 – 1000 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024