Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy asarlarini o‘rganish uchun birinchi qadamni qanday qo‘yish kerak?
Alisher Navoiy nafaqat bugun, o‘z davrida ham mashhur bo‘lgan. Uning asarlari dunyoning turli davlatlariga choparlar orqali jo‘natilgan, savdo karvonlari kitoblarni uzoq o‘lkalarga ham yetkazgan. Ulug‘ sarkardalar uning devonlarini xos kutubxonalarida asrab-avaylaganlar.
Samarqandlik tarixnavis olim Davlatshoh Samarqandiy o‘zining “Tazkirat ush-shuaro” asarida bu haqda shunday ma'lumot bergan: “Ulug‘ amir (Nizomiddin mir Alisher Navoiy nazarda tutilgan)ning turkiy devoni sultonlar va kiborlar majlislarining ziynatidur”. Ko‘rinadiki, o‘zini aqlu farosatli deb hisoblagan kishi, albatta, bu ulug‘ mutafakkirning asarlarini mutolaa qilgan.
Ammo buni qarangki, bugungi kunda hatto navoiyshunos olimlarimizning o‘zi ham Navoiyni anglash mashaqqat ekanini aytib o‘tishadi. Xo‘sh, buyuk shoirning asarlarini o‘rganish uchun birinchi qadamni qanday qo‘yish kerak?
Taniqli navoiyshunos olim Vahob Rahmondan savolimizga javob olamiz: “Navoiyni to‘la tushunib o‘qishni istaganlar birinchi ishni uning g‘azallarini mutolaa qilishdan boshlashlari kerak. G‘azal, ruboiy, qit'alarini o‘qib tushungan odam “Mahbub ul qulub”, keyinroq esa “Xamsa”ning avval olimlarimiz tomonidan hozirgi adabiy tilimizga qilingan tabdilini, so‘ng asl nusxani o‘qishlari maqsadga muvofiq bo‘lardi. “Muhokamat-ul log‘atayn” ni esa hazrat Navoiy asarlarining cho‘qqisi deb hisoblayman”.
Mavzuga oid
12:51 / 15.12.2025
O‘shda Navoiy shohko‘chasi ochildi
07:37 / 22.08.2025
Mozori Sharifda Navoiy yodgorligini qayta tiklash boshlandi
20:40 / 20.08.2025
Mozori Sharifda Alisher Navoiy yodgorligi butkul buzib tashlandi
13:30 / 11.02.2025