Afğonistonning Mozori Şarif şahrida Alişer Navoiy yodgorligini qayta tiklaş va obodonlaştiriş loyihasiga tamal toşi qöyildi, deb xabar berdi «Dunyo».
Şahar hokimi Abdurahmon Himmat sözlariga köra, şaharning Muxobirot çorrahasida joylaşgan, Navoiyning «ança xarob va körimsiz holga kelib qolgan yodgorligini qayta tiklaş» böyiça qaror qabul qilingan.
«Yangidan barpo etiladigan majmua uçun katta yer maydoni ajratildi, unda Navoiyning tarjimai holi, hayot yöli, davlat arbobi sifatida amalga oşirgan xayrli işlari aks ettirilgan lavha özbek, ingliz, doriy va puştu tillarida örnatiladi, şuningdek, kutubxona taşkil etiladi», dedi hokim.
Yodgorlik qurilişi şahar hokimligi budjetidan moliyalaştiriladi va bir oy muddatda tugatiladi. Yodgorlik uçun matnlarni tayyorlaşda Termiz davlat universiteti yordam berişi qöşimça qilindi.
Avvalroq Navoiy haykali va yodgorligi butunlay vayron qilingani, şundan söng, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bu haqda Afğoniston hukumatidan izoh söragani haqida xabar berilgan edi. «Tolibon» bu işlar hukumat bilan kelişilmaganini va Navoiy haykali örnatilgan joy «buyuk alloma xotirasiga yetarliça munosib emasligi», şoir va mutafakkir uçun «yanada körkam majmua qurilişi lozimligi» bois mahalliy hokimiyat tomonidan «olib taşlanganini» ma’lum qildi.











