Jahon | 23:53 / 18.01.2018
20001
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada dengiz bo‘yiga qulagan samolyot tortib olindi

Foto: hurriyet.com.tr

Turkiyaning Trabzon shahrida Qora dengiz bo‘yiga qulagan Boeing 737-800 samolyoti ikki kran yordamida tortib olindi. Hurriyet nashri shu haqida xabar berdi. 

Samolyot dengizdan 25 metr masofada bo‘lgan. 500 va 350 tonnalik ikki kran samolyotni yerdan uncha katta bo‘lmagan masofaga ko‘tarib, keyin yerga qo‘ygan. Shundan so‘ng havo kemasi o‘t o‘chiruvchilar mashinasi suvi bilan tozalangan.

14 yanvar kuni 162 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga olgan Boeing samolyoti aeroportda qo‘nishni amalga oshirganidan so‘ng qo‘nish chizig‘idan tashqariga chiqib ketgan va dengiz bo‘yidagi loyga botib qolgan. Yo‘lovchilar orasida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid: Turkiyada dengizga qulashiga bir baxya qolgan samolyot evakuatsiyasi videosi

Foto: hurriyet.com.tr
Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid