O‘zbekiston | 17:20 / 18.01.2018
17519
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga safarini boshladi

O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Safar davomida O‘zbekiston haj delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlari muhokama qilinadi. 

Saudiya Arabistonining Makka, Madina va Jidda shaharlarida joriy yil Haj mavsumida Vatanimiz hojilariga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot ximati xabar qilmoqda. 

Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkirbek Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Ta'lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanovdan iborat delegatsiya Jidda shahriga yetib borgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid