O‘zbekiston | 14:37 / 19.01.2018
4786
3 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi Seul shahri meriyasi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

Foto: iStock

2018 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktor o‘rinbosari N.Muhammadiyevlarning Seul shahri meriyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvchi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot” guruhida xabar berilgan.

Seul shahri meriyasi delegatsiyasi tomonidan Seul shahri meriyasining xalqaro ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jong Mun Bek, axborot rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kim Chonok hamda meriya va xususiy sektorning boshqa vakillari ishtirok etgan.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Seul shahri meriyasi faoliyati, shuningdek tomonlarning davlat organlari o‘rtasida ma'lumotlar almashishni axborotlashtirish tartibini takomillashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha istiqboldagi hamkorligi masalalarini o‘rganishdan iborat. 

Uchrashuv davomida A.Toshqulov O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lam kasb etganini alohida ta'kidladi. Mamlakatda Janubiy koreyalik sarmoyadorlar ishtirokida 510 ta korxona, jumladan yuz foizlik Janubiy Koreya sarmoyasi asosida tashkil qilingan 70 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 

Shuningdek, o‘z nutqida u Agentlikning Davlat dasturi doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi loyihalarini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali 37 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani, 2018 yil oxiriga kelib ularning soni 50, 2020 yilga kelib esa 100 tadan ortishi rejalishtirilayotganini ta'kidladi.

Uchrashuv Yunusobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazida davom etib, bu yerda delegatsiya a'zolari davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Mehmonlar uchun maxsus ko‘rgazma tariqasida tadbirkorlik sub'yektini onlayn ro‘yxatga olish jarayoni amalga oshirildi va bunga ko‘pi bilan 15 daqiqa vaqt sarflandi. Shuningdek, savol-javob tarzidagi muloqot bo‘lib o‘tdi, u orqali mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

O‘z navbatida, Jong Mun Bek uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, samarali hamkorlikka umid bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid