Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kuch yadro bombalarida emas!» - Nazarboyev Shimoliy Koreyaga murojaat qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shimoliy Koreyani yadro qurolidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
"Biz aynan yadro qurolidan voz kechib, mustaqil davlatimizni yaratdik va mustahkamladik, uning xalqaro nufuziga erishdik. Biz barcha boshqa davlatlarni ham o‘zimizga o‘xshashga chaqiramiz, Eronga ham bu borada murojaat bilan chiqqanmiz. Hozir esa Shimoliy Koreyaga aytmoqchimiz. Kuch bu yadro bombalari va raketalarda emas. Dunyoda ularning soni juda ko‘p, bu haqiqiy himoya sanalmaydi. Himoya jahon hamjamiyatining ishonchidir", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev BMT XK yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qila boshladi. Ushbu mamlakat Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zoligiga saylangan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026