Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ Qozog‘istonda halok bo‘lgan vatandoshlarning oilalariga hamdardlik bildiradi
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un! Biz Allohnikimiz va uning O‘ziga qaytguvchimiz!
18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘besida ro‘y bergan mash'um hodisa barcha o‘zbekistonliklar qalbiga chuqur qayg‘u soldi. O‘zbekistondagi minglab oilalarning uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda yaqinlari bor. Kimdir tahsil olaman deb, kimdir birimni ikki qilaman deb chet elga ketgan.
Avtobusda hayotdan ko‘z yumganlar ham Rossiyaga moddiy imkoniyati bo‘lmagani, poyezd yoki samolyot chiptasiga puli yo‘qligi tufayli avtobusda yo‘l olgani aniq. Ular o‘ynash uchun ketishmayotgan edi. Ammo... 18 yanvar kuni 50dan ortiq vatandoshimiz, akamiz, ukamiz, yaqinimiz fojiali tarzda hayot bilan, orzu-istaklari va yaxshi niyatlari bilan vidolashdi.
KUN.UZ tahririyati a'zolari ham chuqur qayg‘u va iztirob bilan Aqto‘beda halok bo‘lgan vatandoshlarning oxiratlari obod bo‘lishini, Alloh ularni rahmatiga olishini so‘rab duo qilib qoladi!
Ularning yaqinlariga Alloh sabr-bardosh bersin! Allohdan so‘raydiganimiz shuki, O‘zbekiston ham gullab-yashnasin, taraqqiy etsin hamda xorijda yurgan barcha vatandoshlarimiz oilalari bag‘riga tezroq qaytishsin! Omin!
Mavzuga oid
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
11:59 / 13.03.2023
Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi
13:10 / 19.01.2021