Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi katta hujumga tayyorlanmoqda – OAV
Foto: Reuters
Suriya armiyasi Idlib shahriga amalga oshiriladigan katta hujumga tayyorlanmoqda, maqsad – «Jabhot an-Nusra» kuchlarini o‘rab olish va yo‘q qilish. Bu haqda «Izvestiya» Suriya qurolli kuchlaridagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Idlibga so‘nggi oylarda mamlakatning ozod etilgan boshqa shaharlaridan ekstremistlar qochib o‘tgan. Rossiya Mudofaa vazirligidan ta'kidlashlaricha, muvaffaqiyatli hujum amaliyoti yuz bersa, «Nusra» aniq yo‘q qilinadi.
«Gap Xama, Halab va Idlib viloyatlari kesishgan joy haqida ketmoqda. Yil boshida boshlangan hujum tezkor va muvaffaqiyatli bo‘ldi, endi biz jangarilarning yirik guruhini o‘rab olib, yo‘q qilib tashlash niyatidamiz», - deya aniqlik kiritib o‘tgan manbalardan biri.
Boshqa bir manbaning aytishicha, nafaqat «Nusra», balki IShID terrorchilari ham o‘rab olinadi.
Xabar qilinishicha, terrorchilarni yo‘q qilish uchun qozon taktikasi qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Suriyadagi yangi «armiya» haqida izoh bergandi.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
11:15 / 17.04.2026
AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqdi
09:45 / 31.03.2026