AQSh Mudofaa vazirligi Suriyada «chegara xavfsizligi kuchlari» tashkil etilgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda Pentagon saytida xabar qilinadi.
«AQSh Suriyada mahalliy xavfsizlik kuchlarini mashq qildirishda davom etmoqda. Tayyorgarlik vayron bo‘lgan shaharlarga qaytayotgan qochqinlar xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bu IShID ozod etilgan hamda nazorat qilinmayotgan tumanlarda paydo bo‘lmasligi uchun ham juda muhim. Bu yangi «armiya» yoki «chegaraoldi kuchlari» emas», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Suriyada «istalgan daqiqada» harbiy amaliyot boshlash bilan tahdid qilgandi.

















