Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jasadlar Aqto‘bega yetkazildi, vazir fojia joyiga yo‘l olgan
Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida avtobusda yonib ketgan 52 qurbonning jasadi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Aqto‘bega yetkazilgan. Bu haqda oblast gubernatori ma'lum qildi.
«Ayni vaqtda 52 kishining jasadi Aqto‘be shahriga olib borilgan. Aqto‘be oblasti rahbariyati tomonidan barcha zarur yordam choralari ko‘rsatilmoqda. Qozog‘istonlik mutaxassislar O‘zbekistondan kelgan hamkasblari bilan birga kunu-tun sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazmoqda», deyilgan xabarda.
Fojia ro‘y bergan Irg‘iz tumani hududiga tez orada O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Rustam Jo‘rayev va Aqto‘be viloyati hokim o‘rinbosari Serik Tulenbergenov hamda davlat organlarining boshqa xodimlari yetib borishi kutilmoqda.
Bundan avvalroq O‘zbekiston FVV hodisa qurbonlarining dastlabki ro‘yxatini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
11:59 / 13.03.2023
Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
20:30 / 09.04.2021
Sergeyev supergol yo‘llagan o‘yinda 8ta gol kiritilib, «Aqto‘be» kambek ko‘rsatdi
13:10 / 19.01.2021