Jahon | 18:30 / 20.01.2018
6709
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada yer usti amaliyotini boshlab bo‘lgani haqida ma'lum qildi

Foto: Hurriyet

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Suriyaning Afrinida yer usti amaliyotini aslida boshlab bo‘ldi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar tarqatgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turk qo‘shinlarining keyingi amaliyoti joyi Suriyaning Manbij mintaqasi bo‘ladi.

Avvalroq, Turkiya mudofaa vaziri Nuriddin Janikli Turkiya kurdlarga qarshi amaliyot boshlagani haqida e'lon qilgandi. Keyinchalik Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin shahriga yaqin bo‘lgan kurdlar pozitsiyalarini o‘qqa tutib, ularning harakatiga javob qaytarishgani ma'lum bo‘ldi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid